Ushbu holat RTTYOM Navoiy viloyati filiali masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. TTYO stansiyaga tegishli dori vositalari hamda baʼzi bir xo‘jalik buyumlarini boshqa binoga ko‘chirish zarurati bo‘lganligi sababli, Navoiy shahar tez yordam stansiyasi mudiri va xo‘jalik bekasi tomonidan o‘zboshimchalik bilan tez tibbiy yordam avtotransport vositasidan foydalanilgan. Yuqoridagi holat bo‘yicha ichki mehnat tartib-qoidalarini buzganligi va tez yordam avtomashinasidan maqsadsiz foydalanganligi uchun Navoiy shahar tez yordam stansiyasi mudiri O.Bozorov lavozimidan ozod etilgan, xo‘jalik bekasi M.Qarshiyevaga nisbatan qonuniy tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Joriy yilning 25 aprel kuni Markaz.24.uz ijtimoiy tarmog‘ida Tez yordam avtomashinasini buzilib qolganligi to‘g‘risida videorolik chiqarilgan edi. Ushbu holat Navoiy shahar TTYO stansiyasida tungi chaqiriqdan so‘ng avtoxo‘jalikka borib taʼmirtalab avtomashinani soz holatdagi avtomashinaga almashtirish jarayonida bo‘lgan. Taʼmirtalab tez yordam mashinasi 27 aprel kuni to‘liq taʼmirdan chiqarilib foydalanishga topshirilgan.
Oybek Moʻminov, Respublika Tez Tibbiy Yordami Markazi Samarqand viloyati filiali direktori oʻrinbosari:
— Tibbiyot sohasida 20 yildan ziyod vaqt hizmat qilib kelmoqdaman. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda Oʻzbekistonda yashayotgan barcha fuqarolar kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega ekanligi mustahkamlanmoqda. Men referendumga befarq emasman!
Yana 30 ta yangi reanimobil foydalanishga topshirildi, ular barcha zarur jihozlar, rasiyalar, planshetlar, JPS trekerlari bilan to‘liq ta’minlandi. Ushbu uskuna jamoalarga yuklangan yukni to'liq nazorat qilish va optimallashtirishga yordam beradi.