Янгиликлар
main
Aholiga ko‘rsatilayotgan tez va shoshilinch tibbiy yordam holati deputatlar nazoratida.
04.04.2024 189

Muhokamalar davomida deputatlar amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholash bilan birga, aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash va yaqinlashtirish borasidagi islohotlardan kelib chiqib, sohaga oid idoraviy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, tez tibbiy yordamni tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar bilan integratsiyalash tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimiga yangi shtat me’yorlari asosida shtat ajratilishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam markazining hududiy filiallaridagi reanimatsiya bo‘limlarini belgilangan me’yor asosida ajratish, tez tibbiy yordam xizmatini radioaloqa tarmog‘i bilan ta’minlash ishlarini oxiriga yetkazish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.