Янгиликлар
main
Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy tibbiyot akademiyasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik doirasida Markaziy harbiy gospital xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlar boshlandi.
26.02.2024 147

Mazkur oʻquv mashgʻulotlar harbiy gospitalning feldsher va shifokorlari uchun oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Treningda bazaviy reanimatsiya boʻyicha maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Treninglar joriy yilning 28-fevraligacha davom etadi.