Respublika tez tibbiy yordam markazi “KOFIH” - Koreya Respublikasining sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi jamgʻarma bilan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur loyihaning 2-fazasi doirasida feldsherlarning yangi guruhlariga uchun Toshkent va Samarqand shaharlarida oʻquv-treninglar tashkillashtirildi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur oʻquvlar davomida EKG asoslari, reanimatsiya asoslari, shoshilinch tugʻruq, shuningdek, bolalar reanimatsiyasi boʻyicha treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.