Янгиликлар
main
Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam avtotransporti avtohalokatga uchragani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
27.01.2024 226

Respublika tez tibbiy yordam markazi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning 26-yanvarida Respublika tez tibbiy yordam markazining Buxoro viloyati filiali tez tibbiy yordam haydovchisi N.H. boshqaruvidagi "Toyota" rusumli (davlat belgisi 80 857 UBA) avtotranport vositasi, navbatdagi chaqiriq manzilidan oʻz yoʻlida toʻgʻri harakatlanib kelayotgan vaqtda "Lacetti" rusumli avtomashina roʻparasidan chiqib kelishi va oqibatida chorraha kesishmasida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Natijada tez tibbiy yordam avtotransport vositasi reklama monitori toʻsigʻiga borib urilgan. 
Sodir etilgan avtohalokatda fuqaro va tez tibbiy yordam brigadasining shifokor, feldsher, haybovchisiga tan jarohati yetmagan.

Maʼlumot oʻrnida
Zarar koʻrgan tez tibbiy yordam avtotranport vositasi taʼmir uchun ustaxonaga topshirilgan.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Matbuot xizmati.