Янгиликлар
main
Jizzaxda bayram shukuhi.
04.03.2024 87

Respublika tez tibbiy yordam markazining Jizzax filialida faoliyat yuritayotgan ayollar oʻrtasida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” nomli koʻrik tanlov oʻtkazildi. 

Tanlov natijalariga koʻra 1-oʻrinni Sharof Rashidov tumanidagi Markaz boʻlimining xodimi Xayitboyeva Iroda, 2-oʻrinni Sharof Rashidov tumanidagi Kangli boʻlimining xodimi Baratova Yulduz va 3-oʻrinni filialning Call-markazi xodimi Olimova Shaxnoza egalladi.

Tanlov juda qizgʻin va murosasiz oʻtdi. Tanlov ishtirokchilariga va gʻoliblariga tashakkurnoma, diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirldi.