Joriy yilning 11-13-yanvar kunlari RTTYoM Fargʻona viloyati filiali direktori B.R.Tashbaltayev boshchiligidagi bir guruh vakillari RTTYoM Surxondaryo viloyati filialiga tashrif buyurib, filialda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-283-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalarni oʻrgandi.
Xususan, guruh Surxondaryo viloyati filialda "Call-markaz" faoliyati, avtomatik boshqaruv tizimiga toʻlaqonli oʻtilganganligi, barcha brigadalar planshetlar bilan va tez tibbiy yordam avtotransport vositalari GPS-navigatorlar bilan taʼminlanganligi yaqindan tanishdi.
Shuningdek, hududiy "Call-markaz" faoliyati kengaytirilib, 103 xizmati ishonch telefoni joriy qilinganligi sababli fuqarolar tomonidan xizmatlarimizga boʻlgan eʼtirozlar shu vaqtning oʻzida qabul qilinib, mutaxassislarga yoʻnaltirilishi, muammolarga operativ yechim boʻlmoqda. Aholi gavjum joylar uchun skuterdagi tez tibbiy yordam feldsherlik brigadalari tashkil etildi. Filialda favqulodda vaziyatlar uchun "103" favqulodda vaziyatlar boʻyicha viloyat hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar boshqarmalari operativ axborot almashinuvi joriy qilindi.