Янгиликлар
main
Koreya Respublikasining sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi jamgʻarma bilan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
28.03.2024 106

Hozirda loyihaning 2-fazasi amalga oshirilmoqda, uning doirasida tez tibbiy yordam xodimlari uchun EKG asoslari, reanimatsiya asoslari, shoshilinch tugʻruq, bolalar reanimatsiyasi boʻyicha treninglar oʻtkazilmoqda.

Kuni kecha “KOFIH” jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakili, sogʻliqni saqlash boʻyicha mutaxassis doktor Ju Seung Hwan Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabiga tashrif buyurib, soha xodimlari uchun oʻtkazilayotgan treninglar va oʻquv jarayonlari bilan tanishdi, shuningdek, simulyatorlardagi amaliy mashgʻulotlarni baholadi.