Янгиликлар
main
Navoyida mini-futbol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
11.03.2024 92

 Joriy yilning 9-martida Navoiy viloyatida mini-futbol boʻyicha “Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali kubogi – 2024” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada Filialning 10 ta tumani tez tibbiy yordam stansiyalari xodimlari jamoalari ishtirok etib, natijada Navoiy shahar TTYO stansiyasi jamoasi 🥇 1-oʻrin, Karmana tumani TTYO stansiyasi jamoasi 🥈 2-oʻrin, Navbahor tumani TTYO stansiyasi jamoasi 🥉 3-oʻrin sohibiga aylanishdi.

Barcha sovrindorlar Filial kasaba uyushma tashkiloti tomonidan 🎁 kubok, 🏆 medal, diplomlar  va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.