Янгиликлар
main
Neftegaz soha xodimlari birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha malakasi oshirildi.
02.03.2024 128

Joriy yilning 29-fevralidan 1-martigacha Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida neftegaz sohasi xodimlariga "Birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish" mavzusi boʻyicha onlayn oʻquv treninglar oʻtkazildi.

Maktab mutaxassislari tomonidan birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish, amalga oshiriladigan muolajalar, mazkur jarayonlarda inson qanaqa oʻzini tutishi, tez tibbiy yordamning sir-asrorlari va xususiyatlari toʻgʻrisida batafsil maʼruzalar berildi.

Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga Maktab mutaxassislari tomonidan toʻliq javoblar berildi.

Treninglar yakunida tinglovchilar neftegaz sohasidagi boshqa tashkilot va korxona xodimlariga mazkur yoʻnalishidagi oʻquvlarni tashkillashtirishga kelishildi va rejalashtirildi.