Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand filiali hamda Belarus Respublikasi Grodno shaharining tez tibbiy yordam shahar klinik shifoxonasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Memorandum imzolashdan maqsad ikki davlat o‘ratsida tez tibbiy yordam 🚑 sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istagini bildirgan holda, tenglik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan ilg‘or texnologiyalar mavjudligini ta’minlash sohasida xalqaro sheriklik muhimligini anglab, do‘stona hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.