Янгиликлар
main
Qoʻqon shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga zamonaviy avtomobil topshirildi.
06.04.2024 135

Qoʻqon shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga Fiat rusumidagi reanimatsion avtomobili tantanali topshirildi.

Reanimobilga dunyoning tibbiyot jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eng old kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi apparati (IVL), defibrillyator-monitor, koʻchma koʻp kanalli EKG apparati, reanimatsion chemodan, koʻp funksiyali kushetka va boshqa koʻplab zaruriy jihozlar bilan oʻrnatilgan. Zarur holatlarda tezkor jarrohlik hamda statsionar amaliyotlari oʻtkazish imkoniyati mavjud.

Tadbirda viloyat hokimligi vakillari, sektor rahbarlari, tibbiyot sohasi mutasaddilari ishtirok etdilar.