Янгиликлар
main
Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida xorijlik mutaxassis maʼruza qildi.
14.03.2024 99

Respublika tez tibbiy yordam markazi va Germaniyaning WIENMANN kompaniyasi bilan oʻrnatilgan hamkorlik doirasida bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida Rossiyalik mutaxassis, oliy toifadagi anesteziolog-reanimatolog, Rossiya Federatsiyasi Sanitar aviatsiyasi milliy xizmati bosh shifokori Perevedensev Andrey Valeryevich oʻz maʼruzalarini oʻqidi.

Maʼruzalarda xorijlik mutaxassis asosan tibbiy muassasadan tashqarida tez tibbiy yordam koʻrsatish, yurak-oʻpka reanimatsiyasining yangi zamonaviy texnologiyalari, koʻp sonli jarohatlanganlar bilan ishlash, saniatr aviatsiyasining xususiyatlari va boshqa mavzularga toʻxtaldi.