Янгиликлар
main
Respublika tez tibbiy yordam markazining 5 ta hududiy filialiga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi.
07.03.2024 133

Sogʻliqni saqlash vazirligi va "Jizzakh Auto" oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, "103" xizmatiga navbatdagi 70 dona “A” toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.

Bugun yurtimizda mazkur hayotiy muhim sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilyapti.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda "103" xizmatini barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy avtotransport vositalari bilan taʼminlash borasidagi keng qamrovli chora-tadbirlar ushbu tizimda bemorlarga "oltin soat" oraligʻida sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkonini berayotir.

Raqamlarni tahlil qilsak, birgina oʻtgan 2023-yil Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki yurtimizda ishlab chiqarilgan 685 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari bilan boyidi.
Shuningdek, joriy yil fevral oyida “103” xizmatining hududiy filiallariga yana 30 dona ana shunday zamonaviy avtoulovlar taqdim etildi.

Aytish lozimki, "Jizzakh Auto" tomonidan ishlab chiqarilgan bu galgi 70 ta avtotransport vositalari Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyati filiallariga mavjud ehtiyojga qarab taqsimlanadi.