Endilikda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali Kattaqo‘rg‘on tuman tez tibbiy yordam xizmati stansiyasi xodimlari “Tashabbusli budjed” mablag‘lari evaziga 2 qavatli 16 ta xonadan iborat binosida ish boshlashdi.
Bugun Tez tibbiy yordam xizmati stansiyasining ochilish marosimida Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev, keng jamoatchilik vakillari hamda Tez tibbiy yordam xizmati bo‘limi xodimlari ishtirok etishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bugungi kunda Tez tibbiy yordam xizmati stansiyasida 23 ta brigada mavjud bo‘lib, 295 minga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadi. Stansiyada 81 nafar oliy toifali shifokorlar, 142 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 113 nafar haydovchilar faoliyat yuritib, bularga 6 ta zamonaviy “Folkswagen Caddy” avtomobil va 17 ta “Damas” avtomobili xizmat ko‘rsatadi.