Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida tez tibbiy yordam koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan transport boʻlinmalari xodimlari uchun joriy yilning 10-yanvarida boshlangan “Tez tibbiy yordam avtotransport xizmatining rahbar xodimlari malakasini oshirish” oʻquv kursi yakunlandi.
Oʻquv kursida transport va ekspluatasiya boʻlimlari boshliqlari, shuningdek, hududiy filiallarning umumiy masalalar va AKT boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi. Tinglovchilar yoʻl harakati qoidalari, zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalarining texnik xususiyatlari, shuningdek, ularga texnik xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish, tez tibbiy yordam koʻrsatish, ekstremal sharoitlarda harakat qilish, mehnat muhofazasi va texnik xavfsizligi qoidalari va talablari hamda transport sohasidagi amaldagi qonunchilik boʻyicha bilimlarga ega boʻldi.
Kurs yakunida tinglovchilarga malaka oshirilganligi toʻgʻrisida sertifikatlari topshirildi.