Янгиликлар
main
Tez tibbiy yordam xodimlari uchun treninglar boshlandi.
27.03.2024 111

Maʼlumki, Respublika tez tibbiy yordam markazi “KOFIH” - Koreya Respublikasining sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi jamgʻarma bilan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Mazkur loyihaning 1-fazasi davomida Toshkent va Samarqand shahar tez tibbiy yordam stansiyalari negizida simulyatsiya markazlarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tez tibbiy yordam sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarga oʻz malakasini oshirish uchun imkoniyat yaratildi.

2024-yildan boshlab mazkur loyihaning 2-fazasi start oldi va kuni kecha Toshkent va Samarqand shaharlarida tez tibbiy yordam sohasi xodimlariga oʻquv-treninglar tashkillashtirildi. 

Ushbu oʻquvlar davomida EKG asoslari, reanimatsiya asoslari, shoshilinch tugʻruq, shuningdek, bolalar reanimatsiyasi boʻyicha treninglar oʻtkaziladi.