Taraqqiyotning yangi bosqichida Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini va samarasini susaytirishi mumkin boʻlgan illat hisoblanadi.
Darhaqiqat, Davlatimiz Rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga taʼkidlanmagan.
Shu sababli, Yangi Oʻzbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlagandek, “Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur” tamoyili borasida tez tibbiy yordam tizimida ham korrupsion jarayonlarni oldini olish choralarini koʻrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish boʻyicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 hududiy filiallari tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilganligi, ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish, xaridlarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari joriy qilinganligi kabi qator amaliy ishlarni keltirib oʻtish mumkin.
Qolaversa, Davlatimiz Rahbariyatining tashabbuslari bilan tez tibbiy yordam tizimida aholiga koʻrsatilayotgan sifatli tibbiy xizmat sohasini toʻliq raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
Lekin, hali hanuz ayrim hududiy filiallarda korrupsiya, manfaatlar toʻqnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turibdi. Bu esa islohotlar samaradorligiga putur yetkazmoqda, fuqarolarning tibbiyotga va mutaxassislarga boʻlgan ishonchini zaiflashtirmoqda.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joizki, tez tibbiy yordam tizimida korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filialari hamda tasarrufidagi tuman va shahar boʻlimlari xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi boʻlsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Respublika tez tibbiy yordam markazining keltirilgan aloqa kanallari orqali oʻz murojaatingizni yoʻllashingiz mumkin.
Ishonch telefon — 71 241-10-65 yoki 1203;
Elektron pochta — 103compliaence@ssv.uz;
Rasmiy veb-sayti — https://uz103.uz;
Fasebookdagi sahifasi - https://www.facebook.com/103uzb;
Telegram bot — @Antikorrupsiya103Bot.
- pochta orqali — 100017, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Qashqar koʻchasi, 17/a.
Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʻyicha keskin qonuniy choralar koʻriladi.
Oʻz navbatida, tez tibbiy yordam tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.
Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori