Yangiliklar
main
16-17-18 iyun kunlari Buxoro shahrida XV “Ipak va Ziravorlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
19.06.2023 236

❗️Bayramona marosim shaharning tarixiy qismi eski shahar  nomi bilan mashhur hududida keng aholi ishtirokida keng nishonlandi. 

❗️Unda  diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy mehmonlar va investorlar qatnashdilar. 

🏥 Tadbirda Respublika tez tibbiy yordam Buxoro viloyati filiali ham  munosib ishtirok etdi.

 🚑 3 kun davom etgan festivalda 6 ta tibbiy tez yordam brigadasi har tomonlama zamonaviy tibbiy jihozlangan avtomashinalar hamda malakali shifokorlar bilan tunu-kun xizmatda bo‘ldilar.

🩺 Yozning jazirama issiq kechayotgan ushbu kunlarida tez tibbiy yordam xizmatiga sog‘ligida turli o‘zgarishlar bilan 62 ta murojaat kelib tushdi. Bulardan 4 tasi xorijlik mehmonlar hisoblanadi. Barcha chaqiriqlarga navbatchilikda turgan matonatli xodimlarimiz tomonidan malakali va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatilib, murojaatchilarning sog‘ligida ijobiy ko‘rsatgichlar qayd qilindi.