24–26 sentyabr kunlari Belarus Respublikasida V Ochiq xalqaro musobaqa — "Tez tibbiy yordam jamoalari o‘rtasida ko‘nikma va malaka bellashuvi" muvaffaqiyatli yakunlandi.
🌍 Ushbu nufuzli musobaqada quyidagi davlatlardan jami 26 ta brigada ishtirok etdi:
Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Respublikasi, Belarus Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi
✅ Yurtimiz sharafini ushbu bellashuvda faxrli 1-o‘rinni egallab Samarqand jamoasi munosib tarzda himoya qildi. Ular o‘zining yuqori darajadagi kasbiy mahorati, bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, xalqaro arenada o‘z salohiyatini ko‘rsata oldi.
🔄 Eʼtiborlisi shundaki, musobaqa doirasida kelgusida bu kabi tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga ham erishildi. Bu esa mamlakatimizda tibbiy yordam sohasini yana-da rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.
👏 Samarqand jamoasi aʼzolarini tabriklaymiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
📌 Shu kabi musobaqalar orqali tez tibbiy yordam sohasidagi malakali kadrlar tajriba almashadi, global darajadagi standartlar joriy etiladi va inson hayotini saqlab qolishdagi samaradorlik oshadi.