Yangiliklar
main
Bilasizmi, sertifikati bor oilaviy shifokorlarning ish haqi 2 karra oshiriladi.
27.07.2023 421

Yana bir yangi tashabbus. Endi, oilaviy shifokorlar kafolatlangan tibbiy xizmatlar bo‘yicha qayta tayyorlanib, ularga malaka sertifikati beriladi. Bu esa, Sertifikati bor shifokorlarning oylik ish haqini 2 karra oshirishga asos bo‘ladi.

 

Xuddi shu tartibni tibbiyotning haqiqiy fidoyilari bo‘lgan hamshiralarga ham joriy qilinadi.

Tibbiyot xodimlariga ko‘p yillar ishlaganlik uchun to‘lanadigan ustamalar miqdori ham qayta ko‘rib chiqilib, oshiriladi.

Bu haqda Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.