📍 Ayni paytda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali xodimlaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibti.
🗓 24–26 sentyabr, Belarusda V Ochiq xalqaro musobaqa — "Tez tibbiy yordam jamoalari o‘rtasida ko‘nikma va malaka bellashuvi" bo‘lib o‘tmoqda.
👨⚕️👩⚕️ Musobaqada:
Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston Respublikalaridan jami 26 ta brigada ishtirok etmoqda!
🔹 Samarqand jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda va o‘z kasbiy mahoratini namoyon etyapti.
📌 Bunday xalqaro tadbirlar — tajriba almashish, tezkor qaror qabul qilish va xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.