Tadbirlar
main
Ramazon hayiti namozini o'qilishi munosabati bilan masjidlarga tez tibbiy yordam brigadalari ajratildi
19.09.2024 383

Ramazon hayitini munosib kutib olish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi "2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida ko'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi PF-270-son Farmoniga o'zgartirishlar kiritish hakida"gi PF-58-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2023 yil 20 aprel kunidagi "Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan Ramazon Hayit namozi o'qiladigan masjidlarda tez tibbiy yordam ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan quyidagi kuch-vositalar va dori-darmonlar hamda malakali tibbiyot xodimlaridan iborat navbatchi brigadalar tashkil etildi.

Xususan 1738 ta masjidlarga

  • 1379 ta tez tibbiy yordam brigadalari
  • 1383 ta shifokor
  • 1383 ta feldsherlar va yotarli miqdorda dori-darmonlar biriktirildi.

Masjidlarda Xayit nomozi o'qilayotgan jarayonida jami 46 nafar shahsga tibbiy yordam ko'rsatildi, o'lardan 41 nafari ambulator, 5 nafari stasionarga joylashtirildi.