Yangiliklar
main
XOTIRA TURNIRI
08.05.2023 324

“Xotira va qadrlash” kuni arafasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax viloyat filiali tashabbusi bilan mazkur markazda ishlab, olamdan o‘tgan xodimlar xotirasiga bag‘ishlab mini futbol bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi. Unda shahar va tumanlarlarda ishlovchi tez tibbiy yordam markazi xodimlaridan iborat 16 jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda Baxmal tuman jamoasi final uchrashuvida Mirzacho‘l tuman jamoasini mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin esa Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax viloyat filiali qoshidagi avtokorxona jamoasiga nasib etdi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar va homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi to‘purar, eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi futbolchisi aniqlanib tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.