Markaz haqida
Markaz haqida
Shifokorlarimiz o‘z ishining asosiy tamoyiliga amal qiladi: “Bemorlar manfaati hamma narsadan ustun!”.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Respublika tez tibbiy yordam markazi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi "Aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida" PQ-283-son qarorining aholiga tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturini ijrosini ta'minlash maqsadida Sog'liqni saqlash vazirligining yangi mustaqil tuzilma sifatida yaratildi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo'jaliklar negizida tashkil qilindi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo'lga qo'yildi.

Qarorga muvofiq Respublika tez tibbiy yordam markazining asosiy vazifalari etib belgilangan, bunda:

  • Markaz Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika bo'yicha muvofiqlashtiradi va nazorat qilish;
  • tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilg'i-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar ta'minoti Markazning hududiy filiallariga o'tkazish;
  • Markaz va uning hududiy filiallarida situasion muvofiqlashtiruvchi bo'limlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish;
  • Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxo'jaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga o'tkaziladi hamda avtotransport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshirish;
  • tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilg'i-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilish belgilangan.