Янгиликлар
main
Янгиликлар
Биз Сизни ҳар доим ютуқларимиз ҳақида хабардор қиламиз ва энг сўнгги янгиликларни эълон қиламиз
21.03.2024 | Янгиликлар

Fasli navbahor har bir oila, har bir mahallaga, elu yurtimizga tinchlik va farovonlik, baxtu saodat olib kelsin! Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin! Bugungi Navroʻz ayyomini koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazishingizni tilab qolaman.

20.03.2024 | Янгиликлар

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi Fuqarolarning  sog‘lig‘ini  saqlash  masalalari  qo‘mitasining  2024-yildagi faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlariga  asosan,  Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan 2024-yil 13-mart kuni RTTYoM Navoiy viloyat filialiga va tuman shaharlarda joylashgan TTYo stansiyalarining  aholiga  ko‘rsatilayotgan tez  tibbiy  yordam  ko‘rsatish holati,  xodimlarga yaratilgan  sharoitlar,  muassasaning moddiy-texnik  bazasi,  “Call-markaz”lar  faoliyati hamda  avtotransport  vositalari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

14.03.2024 | Янгиликлар

Respublika tez tibbiy yordam markazi va Germaniyaning WIENMANN kompaniyasi bilan oʻrnatilgan hamkorlik doirasida bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida Rossiyalik mutaxassis, oliy toifadagi anesteziolog-reanimatolog, Rossiya Federatsiyasi Sanitar aviatsiyasi milliy xizmati bosh shifokori Perevedensev Andrey Valeryevich oʻz maʼruzalarini oʻqidi.

13.03.2024 | Янгиликлар

Endilikda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali Kattaqo‘rg‘on tuman tez tibbiy yordam xizmati stansiyasi xodimlari “Tashabbusli budjed” mablag‘lari evaziga 2 qavatli 16 ta xonadan iborat binosida ish boshlashdi.

12.03.2024 | Янгиликлар

Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallaridan faoliyat yuritayotgan xodimlariga navbatdagi oʻquv kurslar tashkillashtirildi.

11.03.2024 | Янгиликлар

 Joriy yilning 9-martida Navoiy viloyatida mini-futbol boʻyicha “Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali kubogi – 2024” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

08.03.2024 | Янгиликлар

Barchangizni bahorning ilk bayrami, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, dasturxoningizga qut-baraka, oʻzingizga esa ayollik baxtini tilab qolamiz!

07.03.2024 | Янгиликлар

Respublika tez tibbiy yordam markazi Fargʻona filialining “Call-markazi”da navbatchilikdagi boʻlgan barcha ayol operatorlari 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklandi. Filial direktori B.R. Tashbaltayev tomonidan barcha ayollarga bayram bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida rivoj va omadlarni tiladi.

07.03.2024 | Янгиликлар

Sogʻliqni saqlash vazirligi va "Jizzakh Auto" oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, "103" xizmatiga navbatdagi 70 dona “A” toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.

04.03.2024 | Янгиликлар

Respublika tez tibbiy yordam markazining Jizzax filialida faoliyat yuritayotgan ayollar oʻrtasida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” nomli koʻrik tanlov oʻtkazildi. 

02.03.2024 | Янгиликлар

Joriy yilning 29-fevralidan 1-martigacha Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida neftegaz sohasi xodimlariga "Birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish" mavzusi boʻyicha onlayn oʻquv treninglar oʻtkazildi.

01.03.2024 | Янгиликлар

 Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand filiali hamda Belarus Respublikasi Grodno shaharining tez tibbiy yordam shahar klinik shifoxonasi o‘rtasida memorandum imzolandi.