Янгиликлар
main
Янгиликлар
Биз Сизни ҳар доим ютуқларимиз ҳақида хабардор қиламиз ва энг сўнгги янгиликларни эълон қиламиз
12.04.2024 | Янгиликлар

Жаҳон тажрибасида тез тиббий ёрдам хизматидаги автотранспорт воситаларидан фойдаланиш муддати ўртача 5-8 йилни ташкил этади. Юртимизда ҳам 8 йилдан ошган ана шундай автомашиналарни янгилаш белгиланган.

09.04.2024 | Янгиликлар

Юртимизда шаклланган тез тиббий ёрдам йўналиши аҳолига сифатли ва замон талабларига мос хизмат кўрсатиш имконини бермоқда.

Буни эса 2024 йилнинг дастлабки 3 ойи давомида “103” хизматига келиб тушган чақириқлар сонидан ҳам билиш мумкин.

06.04.2024 | Янгиликлар

Qoʻqon shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga Fiat rusumidagi reanimatsion avtomobili tantanali topshirildi.

04.04.2024 | Янгиликлар

Muhokamalar davomida deputatlar amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholash bilan birga, aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash va yaqinlashtirish borasidagi islohotlardan kelib chiqib, sohaga oid idoraviy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, tez tibbiy yordamni tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar bilan integratsiyalash tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimiga yangi shtat me’yorlari asosida shtat ajratilishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

01.04.2024 | Янгиликлар

Respublika tez tibbiy yordam markazi “KOFIH” - Koreya Respublikasining sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi jamgʻarma bilan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

31.03.2024 | Янгиликлар

Bugun erta tongdan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida boʻsh yer maydonlariga daraxt koʻchatlari ekish boshlandi. 

28.03.2024 | Янгиликлар

Hozirda loyihaning 2-fazasi amalga oshirilmoqda, uning doirasida tez tibbiy yordam xodimlari uchun EKG asoslari, reanimatsiya asoslari, shoshilinch tugʻruq, bolalar reanimatsiyasi boʻyicha treninglar oʻtkazilmoqda.

27.03.2024 | Янгиликлар

Maʼlumki, Respublika tez tibbiy yordam markazi “KOFIH” - Koreya Respublikasining sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi jamgʻarma bilan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. 

22.03.2024 | Янгиликлар

Yurtimizda «Navroʻz olam» shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Oltiariq tumani musiqa va sanʼat maktabi konsert zalida Respublika tez tibbiy yordam Fargʻona filialining Oltiariq tuman TTYoS mehnat jamoasining bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda RTTYOMFF direktori B.R. Tashbaltayev, Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi F.O. Voxobovalar ishtirok etib, soha xodimlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

21.03.2024 | Янгиликлар

Fasli navbahor har bir oila, har bir mahallaga, elu yurtimizga tinchlik va farovonlik, baxtu saodat olib kelsin! Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin! Bugungi Navroʻz ayyomini koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazishingizni tilab qolaman.

20.03.2024 | Янгиликлар

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi Fuqarolarning  sog‘lig‘ini  saqlash  masalalari  qo‘mitasining  2024-yildagi faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlariga  asosan,  Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan 2024-yil 13-mart kuni RTTYoM Navoiy viloyat filialiga va tuman shaharlarda joylashgan TTYo stansiyalarining  aholiga  ko‘rsatilayotgan tez  tibbiy  yordam  ko‘rsatish holati,  xodimlarga yaratilgan  sharoitlar,  muassasaning moddiy-texnik  bazasi,  “Call-markaz”lar  faoliyati hamda  avtotransport  vositalari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

14.03.2024 | Янгиликлар

Respublika tez tibbiy yordam markazi va Germaniyaning WIENMANN kompaniyasi bilan oʻrnatilgan hamkorlik doirasida bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida Rossiyalik mutaxassis, oliy toifadagi anesteziolog-reanimatolog, Rossiya Federatsiyasi Sanitar aviatsiyasi milliy xizmati bosh shifokori Perevedensev Andrey Valeryevich oʻz maʼruzalarini oʻqidi.